Dolzarb 20 kunlik: Kattaqo‘rg‘onda mosh maydonlari fitosanitar nazoratda Kattaqo‘rg‘on tumani Zarafshon MMTP hududiga qarashli "Shakar ota-BSh" fermer xo‘jaligining takroriy mosh ekilgan maydoni O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limi inspektorlari tomonidae fitosanitar n
Dolzarb 20 kunlik: Kattaqo‘rg‘onda mosh maydonlari fitosanitar nazoratda
Kattaqo‘rg‘on tumani Zarafshon MMTP hududiga qarashli "Shakar ota-BSh" fermer xo‘jaligining takroriy mosh ekilgan maydoni O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limi inspektorlari tomonidae fitosanitar nazoratdan o‘tkazildi. Bu dolzarb 20 kunlik tadbirlar doirasida ekin maydonlarining hozirgi holati sinchkovlik bilan o‘rganildi va fermerga zarur tavsiyalar berildi.
Hozirgi kunda mosh ekinining rivoji yaxshi holatda ekanligi qayd etildi. Barcha agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilganligi tufayli ekinlar sog‘lom o‘sib, to‘liq pishib yetilishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarning
tarqalishini oldini olish maqsadida ushbu monitoring ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Bu sa’y-harakatlar yuqori va sifatli mosh hosilini olishga xizmat qiladi. Fermerlar ham ekin parvarishiga mas’uliyat bilan yondashmoqdalar.
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin