Davlatimizdagi keng ko‘lamli islohotlar zamirida yer resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini oshirish ustuvor vazifadir. Bu borada dalalardagi vaziyatni doimiy o‘rganish, aniqlangan muammolarga tezkor yechim topish alohida ahamiyat kasb etadi.

11-Avgust, 2025-yil

Shu maqsadda, yaqinda Pastdarg‘om tumani, Chandirobod MMTP hududidagi "Abror Gruzin" fermer xo‘jaligining g‘o‘za maydonlarida chuqurlashtirilgan o‘rganishlar amalga oshirildi. Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ekinlarning rivojlanishi, zararkunandalarning oldini olish va agrotexnik chora-tadbirlarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish edi. Mazkur o‘rganishlar viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilovning bevosita nazorati ostida o‘tkazildi. Uning shaxsiy ishtiroki va tajribasi fermerlarga qimmatli amaliy maslahatlar berish imkonini yaratdi. Bunday amaliy tadbirlar hosildorlikni oshirish va mamlakat qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech