Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali hamkorligida viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida “Ma’naviyat soati” bo'lib o'tmoqda.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bosh inspektori Ra’no Umarova tomonidan Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, davlat xizmatchilari vakant lavozimlarga ochiq tanlovlarning o‘tkazilishi, nomzodlarni saralashda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlanishi, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish bilan bog‘liq holatlar tog‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Seminar so'ngida boshqarma xodimlarini qiziqtirgan savollarga mas’ul tomonidan javob berildi.