Davlat xizmati tizimida muntazam ravishda o‘tkazib boriladigan "Siyosiy ma’rifat soati" tadbiri, ayniqsa, har haftaning juma kuni tashkil etilishi, uning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu uchrashuvlar davlat xizmatchilarining zamonaviy siyosiy jarayonlarni chuqurroq anglashi, mamlakat taraqqiyotiga da
Davlat xizmati tizimida muntazam ravishda o‘tkazib boriladigan "Siyosiy ma’rifat soati" tadbiri, ayniqsa, har haftaning juma kuni tashkil etilishi, uning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu uchrashuvlar davlat xizmatchilarining zamonaviy siyosiy jarayonlarni chuqurroq anglashi, mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish hamda yuksak ma’naviyatli, vatanparvar kadrlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Mazkur dastur orqali qatnashchilar o‘zlarining siyosiy savodxonligini oshirib, jamiyatdagi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z tushunchalarini rivojlantiradilar.
Xususan, yaqinda bo‘lib o‘tgan siyosiy ma’rifat soatida viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining barcha xodimlari ishtirok etdilar. Bu ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan birga, mamlakat siyosiy hayotiga bo‘lgan qiziqishlari yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
💬 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal