Dala yumushlari bo‘yicha Samarqand MMTPda amaliy seminar o‘tkazildi

6-Yanvar, 2025-yil

Dala yumushlari bo‘yicha Samarqand MMTPda amaliy seminar o‘tkazildi

Oqdaryo tumanida qishloq xo‘jaligi ishlarini olib borish, dala madaniyati,  g‘alla hosildorligi bo‘yicha Tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari O. Shodmonov hamda Osimliklar karantini va himoyasi tuman  bo‘limi mutasaddilari tomonidan Samarqand MMTP hududida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Samarqand MMTP hududidagi barcha fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishib, ushbu seminar davomida ma'sullar tomonidan dala madaniyati, dala chetlariga eksportbop mevali ko'chatlar ekish, ariqlarni qazish va betonlash, g‘alla maydonlariga mahalliy o‘g‘itlar chiqarish kabi amalga oshiriladigan qishgi ishlar bo‘yicha fermerlarga tushuncha, tavsiya hamda muhim topshiriqlar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech