🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Dala chetlaridan foydalanish tartibga solinmoqda (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4316). 🌲 Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ustuvor masala bo'lib qolayotganiga qaramasdan dala chetlariga ekin ekmaslik va yil davomida mahsulot yetishtirmaslik holatlari aholini asosiy turdagi

20-Noyabr, 2025-yil

🇺🇿🇺🇿🇺🇿  Dala chetlaridan foydalanish tartibga solinmoqda (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4316).

🌲 Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ustuvor masala bo'lib qolayotganiga qaramasdan dala chetlariga ekin ekmaslik va yil davomida mahsulot yetishtirmaslik holatlari aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga hamda bozorlarda mahsulotlarning tannarxiga sezilarli taʼsir ko‘rsatmoqda.

🤩 Bu esa, o‘z navbatida, sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yerlardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish zaruratini yuzaga keltirdi.

✒️ Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarda va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi uchun maʼmuriy jarima qo‘llash nazarda tutilmoqda.

📄  Shuningdek, Soliq kodeksida dala chetlaridagi bunday maydonlarda maqbul ekin ekilmagan taqdirda, mazkur yer uchastkasining ekin ekilmagan qismi uchun yer solig‘i stavkasini uch baravar miqdorda hisoblash belgilanmoqda.

✅ Muhokama yakunida ushbu Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

🔰 karantin.uz ✈️ Telegram (https://t.me/uzdavkarantinuz) 📱Facebook (https://m.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=bookmarks) 
📱Instagram (https://instagram.com/uzdavkarantin?igshid=1cdfcmut771vo)  📺Youtube (https://www.youtube.com/@uzdavkarantin/featured) ✖️Twitter (https://twitter.com/uzdavkarantin)

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech