⚡️Bulung‘urda "G‘alla-2026" mavsumiga start berildi! Bulung‘ur tumanidagi “Bobojon ota” fermer xo‘jaligi yer maydonida 2026-yilgi hosil uchun g‘alla urug‘i ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
⚡️Bulung‘urda "G‘alla-2026" mavsumiga start berildi!
Bulung‘ur tumanidagi “Bobojon ota” fermer xo‘jaligi yer maydonida 2026-yilgi hosil uchun g‘alla urug‘i ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
🌾 Tadbirda tuman hokimi S.Astonov, soha mutaxassislari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.
📌 Seminar davomida:
G‘alla ekish muddatlari va me’yorlariga amal qilish,
Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish,
Begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
📖 Urug‘ qadashdan oldin Qur’on tilovati o‘qilib, mo‘l hosil uchun duo qilindi.
📊 Ma’lumot uchun: Bu yil Bulung‘ur tumani g‘allakorlari 2 500 tonna hosil olishni rejalashtirgan.
Ulaning va ulashing:
Web-sayt (http://bulungur.uz/) • Facebook (https://fb.me/bulungurpress) • Telegram (https://t.me/Bulungur_press) • Twitter (https://twitter.com/bulungur_press) • YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ) • Instagram (https://www.instagram.com/bulungur_press/)