Bulung‘ur tumanidagi "Garden Plast" va "Maroqand sifat" MCHJ eksportyor korxonalarida mavsumga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Hademay ushbu korxonalarda gilos eksporti boshlanadi.

15-Aprel, 2025-yil

Bulung‘ur tumanidagi "Garden Plast" va "Maroqand sifat" MCHJ eksportyor korxonalarida mavsumga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. 
Hademay ushbu korxonalarda gilos eksporti boshlanadi. 
Mahsulotlar asosan Koreya va Xitoy Respublikalari talablari bo‘yicha belgilangan kalibrlarda eksportga chiqariladi. 
 
Shu boisdan ham, O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi Respublika ishchi guruhi a’zolari Xusan Jo‘rayev va Muhammad Mardonovlar ushbu eksportyor korxonalarga tashrif buyurib, eksportorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
 
Uchrashuvda gilos eksportini amalga oshirishdan oldin Koreya va Xitoy Respublikalari talablarini bajarish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi. 
 
Kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik va mavjud kamchiliklarni 10 kun muddatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va ko‘nikmalar berildi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech