Bulung‘ur tumanidagi "Garden Plast" eksportor korxonasida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi tomonidan muhim nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Agentlikning Tashqi karantin nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Qobilov hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Mallayev korxona

Bulung‘ur tumanidagi "Garden Plast" eksportor korxonasida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi tomonidan muhim nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Agentlikning Tashqi karantin nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Qobilov hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Mallayev korxona faoliyatini nazorat qildilar.
Ayni kunlarda ushbu eksportor korxonadan xorijga gilos eksporti amalga oshirilmoqda. Xususan, gilosni qayta ishlash jarayonlaridan tortib, ularni eksportga tayyorlash uchun qadoqlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlar sinchkovlik bilan o‘rganildi. Mutaxassislar eksportga yo‘naltirilayotgan gilos mahsulotlarining xalqaro karantin talablariga muvofiqligini, zararkunanda va kasalliklardan xoli ekanligini tekshirdilar. Bunday nazorat mahalliy mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga, yuqori eksport raqamlarini ta’minlashga va gilos eksportining uzluksizligini kafolatlashga xizmat qiladi. Bu esa milliy eksport salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.