Bulung‘ur tumanida fitosanitar muhokamalar: Soha rivoji va samaradorlik sari qadam

Bulung‘ur tumanida fitosanitar muhokamalar: Soha rivoji va samaradorlik sari qadam
Bulung‘ur tumanida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish, kelgusi vazifalarni belgilash maqsadida muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilov va boshqarma yuriskonsulti ishtirok etib, tuman bo‘limi xodimlari bilan ayni damda dolzarb fitosanitar masalalarni atroflicha muhokama qildilar. Yig‘ilishda o‘simliklar karantini va himoyasining mavsumiy tadbirlari samaradorligini oshirish, zararli organizmlarga qarshi kurash strategiyalarini takomillashtirish, eksport mahsulotlari fitosanitar nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash kabi muhim yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Muhokamalar yakunida birinchi o‘rinbosar tomonidan xodimlarga aniq va mas’uliyatli topshiriqlar berildi. Yuriskonsult esa qarorlarning huquqiy asoslarini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etdi. Bunday yig‘ilish tumandagi ishlar samaradorligini oshirishga va agrar xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin