Bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida muntazam ravishda amaliy chora-tadbirlar, jumladan, soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishg

Bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida muntazam ravishda amaliy chora-tadbirlar, jumladan, soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etilmoqda.
Viloyat hokimligi majlislar zalida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi rahbari Ibrohim Ergashev boshchiligida muhim seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-136-sonli qarorida belgilangan vazifalarni soha xodimlariga yetkazish, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlarini muhokama qilishdan iborat edi.
Seminarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada oshirish, yerdan samarali foydalanishning ilg‘or usullarini joriy etish, mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash jarayonlarini modernizatsiya qilish, eksport faoliyatini kengaytirish hamda kooperatsiya tizimini zamonaviy integratsiyalash masalalari keng muhokama qilindi. Bu mavzular nafaqat davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, balki har bir fermer, dehqon va tadbirkorning farovonligi uchun ham bevosita xizmat qiladi.
Tadbirda nafaqat soha mutaxassislari, balki seminarga taklif etilgan fermerlar, mahsulotlarni eksport qiluvchi tadbirkorlar va tuman bo‘limi inspektorlarining faol ishtiroki seminarga alohida jonlilik bag‘ishladi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbari va boshqa malakali mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar. Seminar savol-javoblar va o‘zaro fikr almashinuv, konstruktiv muzokaralarga boy bo‘lib, ishtirokchilar yangi bilim va amaliy tavsiyalar bilan boyitildilar. Bunday seminarlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarga yechim topishda, yangi g‘oyalarni ilgari surishda va kelgusidagi muvaffaqiyatlarga poydevor yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.