Bugun O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovlar Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarida nazorat o‘tkazdilar.

Bugun O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovlar Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarida nazorat o‘tkazdilar.
Ushbu nazorat davomida, ular fermerlarga g‘o‘za ko‘saklarining yetilganligiga qarab defoliatsiya tadbirlarini boshlash vaqtini to‘g‘ri aniqlash muhimligini tushuntirdilar. Shuningdek, ob-havo haroratini inobatga olish zarurligi alohida ta’kidlandi. Rahbarlar hosilni sifatli yig‘ib olish uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Hududdagi inspektorlarga ham tegishli topshiriqlar berilib, ish jarayonini qat’iy nazorat qilish va fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal