Bugun Oqdaryo tumanida Oʻsimliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshligʻi Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Urazovlar, tuman boʻlimi xodimlari bilan birgalikda gʻoʻza maydonlarida defoliatsiyadan oldin sinov oʻtkazish ishlarini amalga oshirishdi. Ushbu tadbir paxtachi

3-Sentabr, 2025-yil

Bugun Oqdaryo tumanida Oʻsimliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshligʻi Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Urazovlar, tuman boʻlimi xodimlari bilan birgalikda gʻoʻza maydonlarida defoliatsiyadan oldin sinov oʻtkazish ishlarini amalga oshirishdi. Ushbu tadbir paxtachilikda muhim agrotexnik qadam.

Seminar davomida mutaxassislar gʻo‘zani defoliatsiya qilish (bargsizlantirish) mo‘l va sifatli paxta hosili yetishtirishdagi ahamiyatini atroflicha tushuntirdilar. Ta’kidlandiki, bu tadbir qisqa almashlab ekish tizimida g‘o‘zadan so‘ng boshoqli ekinlarni o‘z vaqtida va sifatli ekib olish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, sifatli oʻtkazilgan defoliatsiya nafaqat barglarning to‘kilishini ta’minlaydi, balki g‘o‘zadagi toʻliq ko‘saklarning 10-15 kun erta pishib yetilishiga olib keladi. Natijada, birinchi terim salmog‘i 15-20% ga oshib, yuqori sifatli xom-ashyo hajmi sezilarli darajada ko‘payadi. Bu amaliy sinovlar fermerlar uchun katta amaliy ahamiyatga ega.

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech