Biolaboratoriyalar ham aynan fitosanitar toza organik mahsulot yetishtirishga katta hissasini qo‘shmoqda. Ekinlarni biologik himoyalash tizimida biomahsulotlar bilan ishlov o‘tkazishda bugunda viloyatdagi 32 ta biolaboratoriyalar faol ishtirok etmoqda.

1-May, 2025-yil

Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov Ishtixon  tumanida faoliyat yuritayotgan “Maroqand  Biomadad” MChJ biolaboratoriyasining biomahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qildi. Biolaboratoriya bugunda 4 300 gektar g‘o‘za, 4 617 gektar g‘alla maydonlariga xizmat ko‘rsatadi. Joriy yilning 28-aprel sanasigacha 3 600 gektar g‘alla maydonlariga biomahsulotlar chiqarildi. Himoyalashda biolaboratoriyaga biriktirilgan g‘alla maydonlariga biomahsulotlar sxema asosida chiqarilmoqda. Bundan tashqari tumanda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlariga ham xizmat ko‘rsatadi. Ushbu biolaboratoriya 22 kg trixogramma, 18 mln. Dona oltinko‘z hamda 14 mln.dona brakon entomofaglarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech