Bahor bayramlar bilan boshlanadi. 8-Mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.

1-Aprel, 2025-yil

Bahor tarovati siz bilan AYОL!

Bahor bayramlar bilan boshlanadi. 8-Mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.
Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Ulug‘ donishmandlar Vatanga eng munosib  ta’rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma’no bor.
Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

Aziz va muhtarama ayollarimiz, onaxonlarimiz, opa-singillarimiz!

Fursatdan foydalanib shu qutlug‘ ayyom – 8 mart bayrami bilan sohada jonbozlik ko‘rsatayotgan sizdek munis va mo‘tabar ayollarimizni, go‘zal va lobar qizlarimizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va go‘zallik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka tilayman!


Hurmat bilan, Shomurod Urazov

Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech