📢📢 Ayni vaqtda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Toshkent viloyati Bekobod tumanida mahalliy dehqon-fermerlar va tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

📢📢 Ayni vaqtda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Toshkent viloyati Bekobod tumanida mahalliy dehqon-fermerlar va tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Karantin agentligi direktori Ibrohim Ergashev davlatimiz rahbarining "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorning mazmun-mohiyatiga alohida to'xtalib o'tdi.
📈 Mazkur hujjat asosida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, eksport qilish va kooperatsiya tizimini tashkil qilish uchun imtiyozlar joriy etilmoqda.
✔️ Bunda qishloq xo'jaligi kooperativlarini tashkil etgan fuqarolarga qator imkoniyatlar taqdim etiladi. Jumladan, shartnoma asosida eksportyorga zamonaviy qadoqda mahsulotni tayyorlab bergan kooperativ har bir qadog'i uchun 3000 so'mgacha kompensatsiya olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
📦 Zamonaviy qadoqlarga qo'yiladigan talablar, standart yuzasidan parametrlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar Texnik jihatdan tartibga solish agentligi saytida to'liq ma'lumot berilgan.
Qadoqlash korxonalari va qadoq ishlab chiqaruvchi korxonalar to'g'risida to'liq ma'lumot bilan "Agroko'makchi" mobil ilovasining Eksport ruknida tanishishingiz mumkin.
📱 Mobil ilovani 👉 📱“App Store” (https://bit.ly/3OhNxqX)va 📱“Play Market” (https://bit.ly/3K0nNfX) dan bepul yuklab olish mumkin.
🔰 karantin.uz 📱Facebook (https://m.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=bookmarks) 📱Instagram (https://instagram.com/uzdavkarantin?igshid=1cdfcmut771vo)📺Youtube (https://www.youtube.com/@uzdavkarantin/featured) ✖️Twitter (https://twitter.com/uzdavkarantin)