Ayni paytda, Payariq tumanida paxta maydonlarini zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik" keng ko‘lamda davom etmoqda.

15-Iyul, 2025-yil

Ayni paytda, Payariq tumanida paxta maydonlarini zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik" keng ko‘lamda davom etmoqda. 
 
Tuman o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi xodimlari tomonidan paxta maydonlarida uchraydigan ko‘sak qurti, o‘rgamchakkana va qandala kabi zararkunandalarning tarqalishini oldini olish maqsadida dala nazorati olib borilmoqda. 
 
Mazkur tadbirlar doirasida, Musa Rahmon MMTP ga qarashli "Akmal" fermer xo‘jaligidagi paxta maydonlarida chuqur tekshirishlar o‘tkazilmoqda. Xodimlar tomonidan zararkunandalarning tarqalish darajasi aniqlanib, ularning ko‘payishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu ishlarda zamonaviy usullar va vositalardan foydalanilmoqda. 
 
O‘z vaqtida amalga oshirilayotgan bunday profilaktika ishlari paxta hosilini asrash, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech