Ayni paytda g‘o‘zalar ko‘sakka kirganligi sababli, eng muhim va xavfli pallasi hisoblanadi. Ma’lumki, ko‘sak qurtining zarari hosildorlikning keskin kamayib ketishiga olib keladi. Shu bois, vaqtdan samarali foydalangan holda ko‘sak qurtiga qarshi kompleks chora-tadbirlarni qo‘llash, paxta hosilini s

Ayni paytda g‘o‘zalar ko‘sakka kirganligi sababli, eng muhim va xavfli pallasi hisoblanadi. Ma’lumki, ko‘sak qurtining zarari hosildorlikning keskin kamayib ketishiga olib keladi. Shu bois, vaqtdan samarali foydalangan holda ko‘sak qurtiga qarshi kompleks chora-tadbirlarni qo‘llash, paxta hosilini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazovlar Oqdaryo tumanidagi g‘o‘za maydonlarini nazoratdan o‘tkazishdi. Nazorat davomida, dalalarga o‘rnatilgan firomon tutqichlar ko‘zdan kechirildi. Ularga tushgan zararkunandalarning kapalaklarini baholash orqali, ularning tarqalishini bashorat qilish va shunga muvofiq, biologik hamda kimoviy usullarni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mazkur yo‘nalishda tuman bo‘limi boshlig‘iga aniq vazifalar yuklatildi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin