Ayni kunlarda risqi-ro‘zimiz bo‘lgan g‘alla ekinlarini zang kasalligi, begona o‘tlar va hasharotlardan himoyalash maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” safarbarlik ishlari qizg‘in

15-Aprel, 2025-yil

Ayni kunlarda risqi-ro‘zimiz bo‘lgan g‘alla ekinlarini zang kasalligi, begona o‘tlar va hasharotlardan himoyalash maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” safarbarlik ishlari qizg‘in tus oldirilmoqda. G‘allaning zararli organizmlariga  qarshi kurashishda uyg‘unlashgan yondashuv zarur. Karantin choralari, agrotexnik usullar va zamonaviy texnologiyalarning birlashtirilishi kasallikning tarqalishini oldini olish va o‘simliklarni himoya qilishda samarali bo‘ladi. 
Shu boisdan ham, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov Payariq tumanidagi g‘alla maydonlarini nazorat qilmoqda. Fermerlarga va tuman bo‘limi inspektorlariga kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishda profilaktik tadbirlarni qo‘llash, zararlangan maydonlarda kechiktirmasdan kimyoviy ishlov berish jarayonlarini olib borish, shuningdek, biomahsulotlarni dalalarga keng tarqatish masalalari bo‘yicha topshiriq va maslahatlar bermoqda.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech