Ayni kunlarda O‘zbekistonda paxtaning yaxshi hosil berishi uchun “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i

Ayni kunlarda O‘zbekistonda paxtaning yaxshi hosil berishi uchun “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazovlar Oqdaryo tumanidagi paxta maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Boshqarma rahbarlarining asosiy maqsadi – hosilga jiddiy tahdid soladigan zararkunandalar, jumladan, o‘rgimchakkana, ko‘sak qurti va boshqalarning tarqalishini oldini olish, kasallik va begona o‘tlar bilan kurashish bo‘yicha amaliy choralar samaradorligini baholash edi. Nazorat davomida har bir maydondagi holat batafsil o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi nazorat tadbirlari mamlakatda paxta yetishtirishning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal