Ayni kunlarda Agentlikda hududiy boqarmalarning zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘lim boshliqlari, Koreya xalqaro hamkorlik Agentligi KOICO ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish va o‘simliklar karantini chegara punktlarini takomillashtiri

Ayni kunlarda Agentlikda hududiy boqarmalarning zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘lim boshliqlari, Koreya xalqaro hamkorlik Agentligi KOICO ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish va o‘simliklar karantini chegara punktlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida 3 ta (Missiya) guruh tashrifi doirasida KOICO ekspertlari bilan birgalikda, meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo‘naltirishda mahsulotni zararsizlantirishning miqdorlari va talablarini o‘rganish, zararsizlantirish ishlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, yangi turdagi fumigantlardan foydalanish metodikalarini joriy qilish, yetishtirilgan meva-sabzavotlarni tabiiy usullar, hamda, zamonaviy tabiiy preparatlar bilan zararsizlantirish amaliyotini Respublikamizda tadbiq etish, hamkorlikda ishlash va malaka oshirish bo‘yicha Samarqand Xorazm, Surxondaryo, Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining zararsizlantirish bo‘lim boshliqlari uchun o‘quv amaliyoti olib borilmoqda. O‘quv amaliyotida Samarqarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining zararsizlantirish bo‘limi boshlig‘i Bahriddin Jo‘raev ham ishtirok etmoqda.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal