Ayni daqiqalarda Samarqand viloyatida eksportchi tadbirkorlar bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Unda Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev va O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi rahbari I.Ergashev boshchiligida keng qamrovli muloqot tashkil etildi.

14-Avgust, 2025-yil

Ayni daqiqalarda Samarqand viloyatida eksportchi tadbirkorlar bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev va O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi rahbari I.Ergashev boshchiligida keng qamrovli muloqot tashkil etildi. 

Muloqotda tadbirkorlarning eksport faoliyatiga ko‘maklashish doirasidagi dolzarb masalalar, jumladan, gaz va elektr energiyasi ta’minoti, qadoqlash va logistika kabi jihatlar yuzasidan kelib tushayotgan muammolar atroflicha tinglanmoqda. 
 
Ushbu muloqot davomida, tadbirkorlarning har bir murojaatiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy chora-tadbirlar belgilanmoqda. Mas’ullarga eksportchilarning muammolarini hal etish yuzasidan tezkor topshiriqlar berilmoqda, baʼzi masalalar joyida hal etilmoqda.
 
Ushbu muloqot eksportga yo‘naltirilgan ishlarni yanada jadallashtirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech