Archalarni asraylik – tabiatga mehr, kelajakka e'tibor! Yurtimizda har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan umumxalq hasharlari doirasida millionlab daraxt ko‘chatlari ekiladi. Bu ezgu tashabbus tabiatni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish yo‘lida katta ahamiyatga ega. Ammo daraxtlarni faqat eki

Archalarni asraylik – tabiatga mehr, kelajakka e'tibor!
Yurtimizda har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan umumxalq hasharlari doirasida millionlab daraxt ko‘chatlari ekiladi. Bu ezgu tashabbus tabiatni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish yo‘lida katta ahamiyatga ega. Ammo daraxtlarni faqat ekish emas, balki uni parvarishlash ham muhimdir.
Asuski, so'nggi yillarda shaharlarimizda ko‘plab ekilgan mojivelnik (archasimon) daraxtlarining qurib qolishi ko‘paymoqda. Buning asosiy sababi — "archa unsimon qurti" deb ataluvchi zararkunandadir. Bu mayda hasharot aprel oyidan kuchli faollik bosqichiga o‘tadi va daraxtni qisqa muddatda nobud qilishi mumkin.
Uni oddiy ko‘z bilan ham aniqlash mumkin — daraxt barglarida oq mog‘orsimon izlar va mayda qora hasharotlar ko‘rinadi. Zararkunandaga qarshi kurashish oddiy va arzon: Atilla, BI-58 (yangi), Nurell D yoki Bagira kabi preparatlar bilan purkash yetarli. Bu ishga ming so‘m va 10 daqiqa vaqt ajratsangiz, daraxtingizni asrab qolishingiz mumkin.
Keling, befarq bo‘lmaylik! Ko‘chat ekish — savob ish, lekin uni asrash esa yanada mas’uliyatli vazifadir. Unutmang, yashil tabiat — sog‘lom kelajak poydevoridir.
G'.Boymurodov,
Nurobod tuman bo'limi fitosanitar nazorati davlat inspektori