Archa unsimon qurti - tabiat kushandasi ‼️Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Archa unsimon qurtiga" qarshi kurashish maqsadida muntazam nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

#Archa_unsimon_qurti
#Planococcus_vovae_Nass
Archa unsimon qurti - tabiat kushandasi
‼️Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Archa unsimon qurtiga" qarshi kurashish maqsadida muntazam nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
▪️"Archa unsimon qurtini" ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida ro‘yxatga olish, zararkunanda tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa ko‘chatlarini boshqa joylarga yuborilishini qat’iyan taqiqlanishi shart.
▪️Ishtixon tumani bo‘limi fitosanitar nazorat davlat inspektorlari tоmonidan tuman hududlarida fitosanitariya nazorati tadbirlarini amalga oshirishmoqda.
▪️Ayni vaqtda Ishtixon tumani Hokimyat hududidagi archa va manzarali daraxtlarni "Archa unsimon qurtidan" samarali himoya qilish va manzarali daraxtlarni saqlab qolish maqsadida kimyoviy ishlov berilmoqda hamda mas’ullar tomonidan keng jamoatchilikka hasharotga qarshi kurashish haqida oʻzlarining bilim va tavsiyalari berib borishmoqdalar.