"Archa unsimon qurti" ga qarshi kurashamiz Samarqand shahrining ko‘rkam ko‘rinishini saqlab qolish va uning yashil makonlarini himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining

15-Iyul, 2025-yil

"Archa unsimon qurti" ga qarshi kurashamiz


Samarqand shahrining ko‘rkam ko‘rinishini saqlab qolish va uning yashil makonlarini himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining fumigatsiya bo‘limi xodimlari shaharning manzarali daraxtlarini archa unsimon kurtlarining zararli ta’siridan himoya qilish uchun kurash olib bormoqdalar. Ushbu zararkunandaning tez tarqalishi daraxtlarning sog‘ligiga jiddiy tahdid soladi, bu esa shaharning ekologik hamda estetik ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
 
Shu sababli, boshqarma xodimlari tomonidan ertalabki va kechki vaqtlarda maxsus kimoviy vositalardan foydalangan holda daraxtlarga ishlov berish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning samaradorligini oshirish uchun maxsus texnikalardan foydalanilmoqda. Shuningdek, daraxtlarga bargdan oziqlantirish ya’ni, biostimulyatorlar bilan ishlov berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning muhim jihati shundaki, ular ertalab va kechqurun bajarilishi orqali havo harorati va namligining optimal darajasi ta’minlanadi, bu esa kimoviy vositalarning samaradorligini oshiradi. Umuman olganda, bunday sa’y-harakatlar Samarqand shahrining yashil manzarasini saqlab qolishga va uning atrof-muhitga ijobiy ta’sirini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech