AMIR TEMUR TAVALLUDINING 689 YILLIGIGA BAG‘IShLANGAN TADBIR Ayni kunlarda, yurtimiz bo‘ylab Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.Ta’kidlash joizki, umumbashariyat tarixida mislsiz ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk sohibqiron Amir Temur siymosida xalqi

AMIR TEMUR TAVALLUDINING 689 YILLIGIGA BAG‘IShLANGAN TADBIR
Ayni kunlarda, yurtimiz bo‘ylab Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.Ta’kidlash joizki, umumbashariyat tarixida mislsiz ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk sohibqiron Amir Temur siymosida xalqimizning kuch-qudrati,adolatparvarligi,bunyodkorligi mujassamdir.
Shu ma’noda,joriy yilning 9 aprel kuni viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida ham Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Amir Temurning ibratli hayoti va faoliyati haqida turli ma’lumotlarga boy ma’ruza qilindi.
Shuningdek, so‘zga chiqqanlar Sohibqironning ijtimoiy va siyosiy faoliyati,ilm-fanga homiylik hamda bunyodkorlik ishlari haqida so‘zladilar.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal
Veb sayt: https://samkarantin.uz/