AMALIY SEMINAR O'TKAZILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Narpa
AMALIY SEMINAR O'TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Narpay tumanida amaliy seminar o‘tkazildi.
Viloyat Fermerlar kengashi raisi A.Rabbimov, viloyat O‘simliklar karantini boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov hamda tuman hokimligi mas’ullari ishtirok etgan seminar “A.Navoiy” MMTP hududidagi “Narpay Oltio'g'il dalalari” fermer xo‘jaligida tashkil etilib, unda fermer xo‘jaliklari rahbarlariga dala chetlariga mevali va boshqa turdagi ko‘chatlar hamda to'qsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekilishi, ularni parvarishlashlash, kuzgi mavsumda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar va boshqa muhim masalalar bo‘yicha muxtasar tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur seminar aholining oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishda hamda hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo‘ling!
✅|Telegram (https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi)| ✅|Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100041775135927)| 🌐|Instagram (https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/)| ✅|Telegram (https://t.me/narpaylikk)| 🌐|Veb sayt (https://narpay.uz/)|