🏆 Agentlikning Samarqand viloyatidagi tizim tashkilotlari o‘rtasida “Zakovat” turniri tashkil etildi 👫 Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Zakovat” turnir
🏆 Agentlikning Samarqand viloyatidagi tizim tashkilotlari o‘rtasida “Zakovat” turniri tashkil etildi
👫 Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Zakovat” turnirida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan Karantin agentligi tizimidagi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro bahs olib borildi.
🎓 Unda 4 ta jamoa – Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining “Agroko‘makchi”, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi Samarqand viloyati hududiy filialining “Agroximik”, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand viloyati mintaqaviy filialining “Ilm ummoni” hamda Samarqand viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatining “Shovvozlar” jamoalari ishtirok etdi.
💬 Ishtirokchilarning mantiqiy bilimlarini oshirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan turnir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. 1 raunddan iborat bo‘lgan o‘yin davomida jami 25 ta savol o‘rtaga tashlandi. Turli sohaga oid maʼlumotlardan tuzilgan savollarga barcha jamoa aʼzolari, tez va to‘g‘ri javob berishga harakat qilishdi.
🟠 Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 3-o‘ringa “Shovvozlar”, 2-o‘ringa “Ilm ummoni” jamoalari munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 1-o‘rinni Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining “Agroko‘makchi” jamoasi qo‘lga kiritdi.
🟠 Sog‘lom raqobat va do‘stona ruhda o‘tgan “Zakovat” intellektual turniri g‘oliblari diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🔰 karantin.uz ✈️ Telegram (https://t.me/uzdavkarantinuz) 📱Facebook (https://m.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=bookmarks)
📱Instagram (https://instagram.com/uzdavkarantin?igshid=1cdfcmut771vo) 📺Youtube (https://www.youtube.com/@uzdavkarantin/featured) ✖️Twitter (https://twitter.com/uzdavkarantin)