🇺🇿 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

🇺🇿 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
🎼 Madhiyamiz mamlakat mustaqilligi, xalq ozodligi, davlatning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan, farovon jamiyat qurilishi yoʻlida fidokorona mehnat, bunyodkorlik va yaratuvchanlikka xizmat qiladigan istiqlol ramzidir.
🇺🇿1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir.
📝 Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi muallifi O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
✅ Davlatimiz madhiyasidagi har bir soʻz milliy oʻzligimiz, qadriyat va anʼanalarimizni yodimizga solishini inobatga olsak, uning maʼnaviy tarbiyachi ekanini yaqqol his etamiz. Yoshlar ongu shuuriga ana shunday fikr-gʻoyani singdirish barchamizning fuqarolik burchimizdir. Zotan, madhiyamizga hurmat — milliy oʻzligimizga, urf-odat, qadriyat va anʼanalarimizga hurmatdir. Eng muhimi, ozod yurtimizning hech kimdan kam boʻlmagan farzandlari kelajakka qatʼiy ishonch bilan yuksak marralar sari dadil odimlamoqda. Demak, istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorugʻ kelajagini sharaflovchi bu tarona asrlar osha baralla yangrayveradi.
🔰 karantin.uz 📱Facebook (https://m.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=bookmarks) 📱Instagram (https://instagram.com/uzdavkarantin?igshid=1cdfcmut771vo)📺Youtube (https://www.youtube.com/@uzdavkarantin/featured) ✖️Twitter (https://twitter.com/uzdavkarantin)